"O'lkamizda qish" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi.
Joriy yilning 22-yanvar sanasida Do'stlik tuman-axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar va kitobxonlar klubining "Yosh qalamkashlar" guruhi a'zolari ishtirokida "O'lkamizda qish" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi. O'quvchilar tabiat va tabiat hodisalarini ko'z bilan idrok etib, ijodiy ishlarini yorqin ranglar bilan jilovlantirishdi. Tadbir davomida ular yanada tezkor ishlashni o'rgandilar. Tadbir davomida o'quvchilar bir-biridan ajoyib suratlar chizib berdilar. Har bir o'quvchining rasmlari o'ziga xos go'zal yaratildi va ular orasida eng chiroyli rasm chizgan Yodgorova Farangiz diplom bilan taqdirlandi. Tadbir qiziqarli tarzda o'tkazildi. Tadbirda 20 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.



