"Oʻlkamiz qahramoni" nomli tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 5-noyabrda Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida "Oʻlkamiz qahramoni" nomli tadbir tashkil etildi.Oʻquvchilarga Sharof Rashidovning ilmiy siyosiy faoliyatiga oid maʼlumotlar berildi va kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 10 nafar oʻquvchi faol yoshlar ishtirok etdi.