"O'lkamiz qahramoni" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 13-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14 - umumiy o'rta ta'lim maktabining faol o'quvchilar va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida Sharof Rashidovning tavalludi munosabati bilan "O'lkamiz qahramoni" nomli davra suhbati tashkil qilindi.Davra suhbati davomida Sharof Rashidovning hayoti va ijodi, ilmiy va siyosiy faoliyatiga oid ma'lumotlar berib o'tildi.Bibliografiya bo'limi mutaxassisi S.Mamarajabova tomonidan "Kashmir qo'shig'i" asari taqdimoti tashkil qilindi. Tadbirda 35 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.



