" O'lkamiz faxri " nomli zakovat intellektual o'yini va Sharof Rashidov hayoti va ijodiga bagʻishlab davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 6- noyabr Atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya qo'riqlash xizmati xodimlari ishtirokida " O'lkamiz faxri " nomli zakovat intellektual o'yini va Sharof Rashidov hayoti va ijodiga bagʻishlab davra suhbati tashkil qilindi. Dastlab yozuvchi haqida yaqindan suhbat qurilib, soʻng jamoalarga boʻlingan holda yozuvchi hayoti va ijodiga bagʻishlab, tayyorlangan savollar yuzasidan Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi. Unda 32 nafar xodim faol ishtirok etdi.