"O'lkamiz faxri " deb nomlangan davra suhbati hamda adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan xalqimizning sevimli shoiri o'lkamizning faxri Hamid Olimjon tavalludi munosabati bilan 7-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "O'lkamiz faxri " deb nomlangan davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida o`quvchilar adibning ijodiy faoliyati, hayot yo`li haqida yaqindan tanishishdi. Shuningdek yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilinib, o`quvchilarga mutolaa uchun kitoblar tavsiya qilindi.