"Nima? Qachon? Qayerda?" nomli videochat orqali online viktorina mahalla telegram guruhida oʻtkazildi.
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari va “Yoshlar oyligi” doirasida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Sanoatchilar MFY yoshlar yetakchisi va Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida "Nima? Qachon? Qayerda?" nomli videochat orqali online viktorina mahalla telegram guruhida oʻtkazildi. Mazkur viktorinada jami 20 ta savol oʻynaldi. Ishtirokchilar har bir berilgan savollarga zukkolik bilan oʻz bilimlariga tayangan holda javoblarini berib oʻtishdi. Ushbu viktorina 30 yaqin mahalla aholisi jalb etgan holda, qizgʻin bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtkazildi.