Nima? Qachon? Qayerda? nomli intellektual online viktorina o`tkazildi.
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 12-aprel "Kitobxonlik haftaligi" doirasida rejalashtirilgan Nima? Qachon? Qayerda? nomli intellektual online viktorinaning navbatdagi soni o`z yakuniga yetdi. Videochat orqali o`tkazilgan viktorinada 20 ga yaqin ishtirokchilar qatnashib, o`z bilimlarini sinovdan o`tkazishdi. Yakuniy natijalarga ko`ra Abdukarim Rahimov va Burhonov Husan eng ko`p savollarga javob berib faol ishtirok etishdi.