Nima? Qachon? Qayerda? nomli intellektual online viktorina o`tkazildi.
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida rejalashtirilgan Nima? Qachon? Qayerda? nomli intellektual online viktorina o`z yakuniga yetdi. Videochat orqali o`tkazilgan viktorinada 40 ga yaqin ishtirokchilar qatnashib, o`z bilimlarini sinovdan o`tkazishdi. Yakuniy natijalarga ko`ra Burhonov Husan eng ko`p savollarga javob berib, 1-o`rinni egalladi.