Navroʻz MFY dagi 6 - umumiy o'rta ta'lim maktabida mahalla ayollari ishtirokida " Kitobga oshno qalblar " nomli davra suhbati tashkil etildi .
Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar va aholi orasida bu fazilatni targʻib qilish haqida koʻp bora taʼkidlanmoqda. Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob oʻqishga ehtiyojimiz bor. Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda Navroʻz MFY dagi 6 - umumiy o'rta ta'lim maktabida mahalla ayollari ishtirokida " Kitobga oshno qalblar " nomli davra suhbati tashkil etildi . Davra suhbati davomida xodimlar tomonidan kutubxona haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek kitob taqdimoti va adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.