“Navroʻz keldi elimizga, shodlik toʻldi dilimizga” nomli eng sara adabiyotlar ko‘rgazmasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasi hududida 21-mart — Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan aholi, ayniqsa yoshlar uchun Doʻstlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Navroʻz keldi elimizga, shodlik toʻldi dilimizga” nomli eng sara adabiyotlar ko‘rgazmasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining 200 ga yaqin nodir hamda durdona asarlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. Tadbir avvalida tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati, uning aholi ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kitobxonlarga namoyish etilgan adabiyotlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berilib, ularning mazmun-mohiyati keng yoritildi.
Ko‘rgazma davomida 300 nafarga yaqin bayram ishtirokchilari mazkur adabiy muhitdan bahramand bo‘lib, milliy va jahon adabiyotining sara namunalaridan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



