Navro`z bayrami munoasabati bilan 2 000 000 soʻm miqdorida pul mukofoti AKM jamoasiga taqdim etildi.
Doʻstlik tumani hokimi Shavkat Darveshiv Turayevich tomonidan bugungi Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan kitobxonlik tadbirlarining yuksak saviyada, mazmunan boy va estetik jihatdan mukammal tarzda oʻtkazilgani alohida eʼtirof etildi.
Hokim tomonidan Axborot-kutubxona markazi jamoasining tashabbuskorligi, fidoyiligi hamda bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishga qoʻshgan munosib hissasi yuqori baholanib, ularga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, jamoani ragʻbatlantirish maqsadida 2 000 000 (ikki million) soʻm miqdorida pul mukofoti ajratish taklifi ilgari surildi.
Mazkur eʼtirof axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun katta sharaf boʻlib, ularning kasbiy faoliyatiga yanada ilhom va ruh bagʻishladi. Ushbu eʼtibor va ragʻbat esa barcha xodimlarning bayram kayfiyatini yanada koʻtarib, ularda kelgusida ham yanada samarali va tashabbuskor faoliyat olib borishga mustahkam turtki boʻldi.




