"Navoiyni yod etib" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Navoiyni yod etib" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada 14-18-20-umumiy oʻrta taʼlim maktablarining o'quvchilari ishtirok etishdi.Koʻrgazma davomida ishtirokchilariga Alisher Navoiyning hayoti davomida yozgan asarlari va amalga oshirgan ishlari to'g'risida ma'lumotlar berildi. Ko'rgazmaga 120 ta kitob qo'yildi.