"Nasiba niyatga bogʻliq" asari haqida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 15-umumiy oʻrta ta'lim maktabining kitobxon oʻquvchilari ishtirokida "Bir asar tarixi" shiori ostida Atham Amin Nemutluning "Nasiba niyatga bogʻliq" asari haqida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbati davomida yangi adabiyotlar haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek qiziqarli savol - javoblar ham oʻtkazildi. Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi