,,Muzeylar tarix ko'zgusi" nomli tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 19- may sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18- may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Abu Ali Ibn Sino tibbiyot texnikumi muzeyida,,Muzeylar tarix ko'zgusi" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga kecha bilan bugunni,bugun bilan kelajakni o'zaro bog'lab turuvchi ma'naviyat maskanlari haqida ma'lumotlar berildi, shu bilan birgalikda yurtimizda muzeylar sohasidagi yangiliklar haqida va dunyodagi eng qadimiy muzeylar haqida talabalar ma'lumotlar aytishdi, tadbirda 10 nafar talaba qatnashdi.