Mutolaa uchun kitobxonlarga yangi adabiyot tavsiyasi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tavsiya etadi. Soʻnggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali oʻzimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolgʻon tasavvurlarimiz va ularni toʻgʻrilash haqida yozdi. Nihoyat, u oʻzining achchiq haqiqatlarini shu kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli boʻlishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni toʻxtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb koʻrsatadi. “Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday boʻlmaydi. Ijobiylikka tupuring,” – deydi Mark Menson.