"Mutolaa- tafakkur qanoti ,, nomli mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
22- fevral Kutubxonamizda yosh kitobxonlar ishtirokida "Mutolaa- tafakkur qanoti ,, nomli mazmunli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida bolalar bilan kitobxonlikning ahamiyati , mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishi haqida suhbat olib borildi.
Davra suhbatida eng faol kitobxonlardan biri- "Abdug'aniyev Ismoil ,, o'zining mutolaa tajribasi, kitob tanlashdagi mezonlari , foydali tavsiyalar bilan o'rtoqlashdi. U kitob o'qish insonni fikirlashga, mustaqil xulosa chiqarishga va maqsad sari intilishga undashini alohida takidladi.Tadbir davomida "Aql soligi,, kitobidan ibratli hikoya o'qib eshittirildi . O'qilgan asar yuzasidan bolalar bilan birgalikda tahlil o'tkazilib , hikoyaning mazmun - mohiyati , undagi tarbiyaviy g'oyalar xulosalar atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar o'z fikir mulohazalarini erkin bayon etdilar. Shuningdek, savol- javob jarayoni tashkil etilib bolalarning hikoya yuzasidan tushunchalari mustahkamlandi. Mazkur davra suhbati yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning nutq madaniyatini rivojlantirish hamda mustaqil fikirlash ko'nikmalarini shakillantirishga xizmat qildi, tadbirda 15 nafar o'quvchi ishtirok etdi.
