“Mutolaa — oilaviy tarbiyaning muhim mezoni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
🟡Joriy yilning 16-sentyabr kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobxon onalar” ishtirokida “Mutolaa — oilaviy tarbiyaning muhim mezoni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
🔵Suhbat davomida kitob mutolaasining inson maʼnaviyati va dunyoqarashini boyitishdagi oʻrni, ayniqsa, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda farzandlarni kitob oʻqishga qiziqtirishda onalarning oʻrni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga Mirzapoʻlat Toshpoʻlatovning “Tonggi farishta” nomli kitobi haqida soʻzlab berildi. Asarning mazmun-mohiyati, undagi insoniy fazilatlar va hayotiy saboqlar yuzasidan suhbat olib borildi.
🔴Suhbat yakunida onalar ishtirokida “Ovchi va oʻlja” nomli qiziqarli metodik oʻyin oʻtkazildi. Oʻyin jarayonida ishtirokchilar faol qatnashib, oʻzaro hamkorlik va chaqqonliklarini namoyon etdilar. Tadbir koʻtarinki kayfiyatda, mazmunli suhbat va qiziqarli jarayonlar bilan yakunlandi.



