“Mutolaa oiladan boshlanadi” mavzusida kitobxonlikka bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 13-oktyabr sanasida “Kitobxon onalar” shiori ostida “Mutolaa oiladan boshlanadi” mavzusida kitobxonlikka bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
🗞Bundan koʻzlangan maqsad onalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilada farzandlarni kitob oʻqishga qiziqtirish hamda mutolaa orqali ularning maʼnaviy dunyosini boyitishdan iborat.
Davra suhbati davomida Yozuvchi Shukrulloning "Kafansiz koʻmilganlar" asari yoritib berildi.
🔖Kitobxon ona — farzandiga eng yaxshi namuna. Zero, kitobga mehr oiladan boshlanadi, mutolaa esa kelajak avlodning bilimli va maʼrifatli boʻlib voyaga yetishida muhim oʻrin tutadi.


