“Mutolaa oiladan boshlanadi” mavzusida kitobxonlik targ‘ibotiga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 10-sentyabr sanasida Bolalar musiqa va sanʼat maktabi bilan hamkorlikda Kitobxon ona va bolalar ishtirokida“Mutolaa oiladan boshlanadi” mavzusida kitobxonlik targ‘ibotiga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
🔴Tadbir davomida ishtirokchilarga oila davrasida kitob mutolaa qilishning ahamiyati, kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Ayniqsa, ona va bolaning birgalikda kitob o‘qishi farzand tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
✅Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi so‘zlab berildi. Hikoya mazmuni, undagi obrazlar va asarda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi. Asar orqali insonning jasorati, erkinlikka intilishi hamda jaholat va qo‘rquvning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga oilaviy mutolaani yo‘lga qo‘yish, farzandlar bilan birgalikda kitob o‘qish va kitobxonlikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish tavsiya etildi.


