“Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” mavzusida kitobxon yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida "Payshanba Yoshlar kuni" munosabati bilan “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” mavzusida kitobxon yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir avvalida markaz bo‘limi rahbari yig‘ilganlarni Mustaqillik bayramining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda istiqlol yillarida yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Davra suhbati davomida kitobxon yoshlar ham mustaqillik, Vatan ravnaqi va Yangi O‘zbekistonning kelajagi borasidagi fikr va mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, yoshlar o‘z tengdoshlarini kitob mutolaasiga keng jalb etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda kitobning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar.
Tadbir samimiy va mazmunli suhbatlar, fikr almashuvlar hamda yoshlarning kitobxonlikka oid qarashlari bilan qiziqarli tarzda o‘tdi.


