Mustaqillik oliy ne‘mat
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi xodimlari o'rtasida "Mustaqillik oliy ne‘mat" nomli davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatini AKMning Axborot-kutubxona texnologiyalar bo'yicha mutaxassisi Sattarov Baxtiyor aka o'z tilak va tabriklari bilan ochib berdi.Suhbat davomida "Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar,keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda" kitob taqdimoti tashkil qilindi.Shu bilan birga suhbat davomida Muallifini top, Bu kim? Deb nomlangan qiziqarli o'yinlar hamda Mustaqillikka bag'ishlangan kanvertlarda "To‘g‘ri noto‘g‘ri "savol javob o'yinlari tashkil qilindi.Davra suhbati barcha ishtirokchilariga birdek manzur bo'ldi.