"Mohir hikoyanafis yozuvchi" nomli tadbir tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar klubi a`zolari hamda 1-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari ishtirokida sevimli adibimiz Abdulla Qahhor tavvalludining 116 yilligi munosabati bilan "Mohir hikoyanafis yozuvchi" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida yozuvchining ijodiy faoliyati, uning bizga yozib qoldirgan adabiy merosi haqida o`quvchilarga AKM mutaxassislari tomonidan ma`lumotlar berib o`tildi. Shuningdek Abdulla Qahhorning ilk nashrlaridan "Sarob" nomli romaniga alohida to`xtalib o`tilgani va asar mazmuni haqida o`quvchilarga tushunchalar berilgani barchaga birdek manzur bo`ldi. Aytish joizki tadbir so`nggida ko`pchilik kitobxonlarning bu asarga bo`lgan qiziqishi ortdi.