“Milliyligini yo‘qotmagan millat” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Joriy yilning 13-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida “Milliyligini yo‘qotmagan millat” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
🗣Mazkur ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda milliylikni asrab-avaylashning ahamiyati haqida keng ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida o‘quvchilar milliy merosimizga oid kitoblar va ko‘rgazma materiallari bilan yaqindan tanishdilar.
🗣Ko‘rgazma ishtirokchilarda milliy g‘urur va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



