"Milliy qadriyatlar ma'naviyatini va ijtimoiy faollikni yuksaltirishning asosidir" deb nomlangan ko'rgazma tashkil qilindi.
Milliy liboslar – xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analarining ifodasi, ajdodlarimiz didi va estetik qarashlarining yorqin aksidir. Ular nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy ruh va o‘ziga xoslik timsoli hamdir. Shu bois, bugungi kunda yoshlar orasida milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning jozibasini keng targ‘ib etish nihoyatda muhim.Shu maqsadda joriy yilning 16-yanvar sanasida Doʻstlik tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman sport maktab o'quvchilari ishtirokida "Milliy qadriyatlar ma'naviyatini va ijtimoiy faollikni yuksaltirishning asosidir" deb nomlangan ko'rgazma tashkil qilindi.Koʻrgazmada milliyligimizni aks etiruvchi kitoblar va milliy do'ppilarimiz o'rin oldi.


