"Milliy libos – millat ko‘rki" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 5-avgust sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida "Milliy libos – millat ko‘rki" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan milliy liboslarimiz tarixi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an'analarini yorituvchi kitoblar hamda nashrlar o‘rin oldi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘usini yanada mustahkamlash, milliy liboslarimizni asrab-avaylash hamda ularni keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.📖📖
📚 Milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning tarixi, madaniyati va milliy o‘zligini aks ettiruvchi bebaho merosdir. Ko‘rgazma kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
