"Millatimiz otasini yod etib" nomli tadbir tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o`rta ta'lim maktabining kitobxon o`quvchilari ishtirokida "Millatimiz otasini yod etib" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida birinchi prezidentimiz Islom Karimovning hayoti va siyosiy faoliyati to`g`risida bahs -munozara tashkil qilindi. Shu bilan birga videorolik tomoshasi va qiziqarli savol -javoblar bo`lib o`tdi. Tadbirda 22 ta o`quvchi faol qatnashdi.