Mevazor MFY hududidagi sohil bo'yida aholi va yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida kitob koʻrgazmalari va davra suhbatlari tashkil qilindi.
Joriy yilning 27-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida Mevazor MFY hududidagi sohil bo'yida aholi va yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida kitob koʻrgazmalari va davra suhbatlari tashkil qilindi. Tadbir doirasida Turk yozuvchisi Ahmad Lutfiy Qozonchining "Bir vijdon uyg'onur" asari yigʻilganlarga yoritib berildi. Bu asarda farzand tarbiyasiga bee'tiborlik, oiladagi turli tazyiqlar va muhitning buzilishi natijasida kelib chiqqan ayanchli holatlar va yakunda farzandning yomon yoʻldan toʻgʻri yoʻlga oʻtganligi, hayoti davomida qilgan xatolari borasida keng tushunchalar berildi. Ushbu asar kitobxonlarda iliq taassurot uygʻota oldi.


