“Menkim Sohibqiron Jahongir Temur” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 22-aprel sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan fransuz adibi Marsel Brion qalamiga mansub “Menkim Sohibqiron Jahongir Temur” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📚Mazkur tadbir Do‘stlik tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda Do‘stlik tuman sport maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilib, yoshlar qalbida tariximizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
👁Taqdimot davomida Amir Temur shaxsiyati, uning buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda sifatidagi faoliyati, shuningdek, jahon tarixidagi beqiyos o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Asarda Sohibqironning hayoti, harbiy yurishlari, dono siyosati hamda yuksak insoniy fazilatlari yoritilgani alohida ta’kidlab o‘tildi.
🟣Tadbirda sport maktabi o‘quvchilari, ularning ustozlari hamda faol kitobxon yoshlar ishtirok etib, asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yoshlar tomonidan berilgan savollar va bildirilgan fikrlar tadbirning yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishiga xizmat qildi. Tadbirda jami 32 nafar o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.



