"Mening sevimli yozuvchim" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitob va mutolaa haftaligi doirasida O'zbekiston Xalq shoiri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Shukrullo Yusupov tavalludi munosabati bilan 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Mening sevimli yozuvchim" nomli davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati davomida shoirning hayoti va ijodi bilan oʻquvchilar yaqindan tanishtirildi.Shu bilan birga turli qiziqarli savol-javoblar hamda adibning "Kafansiz ko‘milganlar" asari taqdimoti ham tashkil qilindi.Davra suhbati juda qiziqarli va mazmunli bo'lib, 26 ta o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.