"Mening sevimli maskanim" nomli sayohat tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 5-7-sinf o'quvchilari tomonidan "Mening sevimli maskanim" nomli sayohat tashkil qilindi.Sayohat davomida oʻquvchilarga kutubxona va kitobdan foydalanish qoidalari haqida ma'lumot berildi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlar faoliyati, kitobxonlik borasida yaratilgan loyihalar haqida ham yaqindan tanishtirildi. Sayohatga 42 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.