"Mening bag'rikeng diyorim" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxon o`quvchilar ishtirokida "Mening bag'rikeng diyorim" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar o`z tasavvurlarini qog`ozga tushurgan holda Ona Vatanga bo`lgan tushunchalarini namoyon etdilar. Tanlovda 10 nafar kitobxon o‘quvchilar qatnashdi va yakunda chizilgan rasmlar saralab olinib g‘olib ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar.