“Mendirman Jaloliddin”, “Nodirabegim qizlari” va “Men To‘marisman” ko‘rik-tanlovlarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tumani bo‘linmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman AKM hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Mendirman Jaloliddin”, “Nodirabegim qizlari” va “Men To‘marisman” ko‘rik-tanlovlarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra:
“Mendirman Jaloliddin” ko‘rik- tanlovi bo‘yicha
1-o‘rinni 1-maktab jamoasi;
2-o‘rinni 7-maktab jamoasi
3-o‘rinni 5-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.
“Nodirabegim qizlari” ko‘rik-tanlovi bo‘yicha
1-o‘rinni 14-maktab jamoasi;
2-o‘rinni 18-maktab jamoasi
3-o‘rinni 13-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.
“Men To‘marisman” ko‘rik- tanlovi bo‘yicha
1-o‘rinni 13-maktab jamoasi;
2-o‘rinni 9-maktab jamoasi
3-o‘rinni 4-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan jamoalarni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan diplom hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.