"Men yoqtirgan asar" nomli davra suhbati hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Men yoqtirgan asar" nomli davra suhbati hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.Davra suhbati davomida klub a'zolari o‘zlari yoqtirgan asarlardan sharhlar aytib o‘tishdi.Mansurov Azizbek Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" nomli asari haqida gapirib o‘tdi.Tadbir bahs munozaraga boy bo‘lib unda 10 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.