"Men yoqtirgan asar"
Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazida 2022-yil 20-may sanasida "Men yoqtirgan asar" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.Davra suhbatida 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining o`quvchilari ishtirok etdi.Davra suhbatini Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish xizmat rahbari E.Qosimov o'tkazdi. Davra suhbatida o`quvchilarni qaysi asarlarni o`qiganliklari va ularga yoqqan jihatlari haqida suhbatlashildi.Kutubxona fondidagi sara asarlardan o`qib chiqish tafsiya qilindi hamda bugun yodga olingan asarlar haqida qiziqarli ma`lumotlar aytib o`tildi. Davra suhbatida 20nafar o`quvchi ishtirok etdi.