“Men sevgan yozuvchi” nomli insholar tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 30-mart sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men sevgan yozuvchi” nomli insholar tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov jarayonida o‘quvchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan yozuvchilar haqida yozma tarzda o‘z fikr-mulohazalari va taassurotlarini bayon etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilarning savodxonligi, fikrni bayon etish uslubi, ijodiy yondashuvi va mavzuni yoritish darajasi inobatga olindi. Eng faol va iqtidorli o‘quvchilar aniqlanib, rag‘batlantirildi.


