"Men sevgan asar" nomli insholar tanlovi o'tkazildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida "Yoshlar shaharchasi" ochilishi munosabati bilan tumandagi barcha maktablarning eng faol o'quvchilari ishtirokida kompyuter savodxonligini oshirish va intellektual salohiyatini mustahkamlash maqsadida "Men sevgan asar" nomli insholar tanlovi o'tkazildi. Tanlovda har bir ishtirokchi o'zi yoqtirgan asar mazmuni haqida inshoda o'z so'zlarini, taassurotlarini bayon etdi. Yakunda 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabidan ishtirok etgan Tolibboyeva Marjona birinchi o'rinni egallab diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.





