“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Tozagul ayaning holidan xabar olindi.
Joriy yilning 20-avgust kuni Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Tozagul ayaning holidan xabar olindi.
Tashrif davomida samimiy suhbat qurilib, u kishining hol-ahvolidan xabar olindi. Shuningdek, kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida avvalgi kitoblar yangilariga almashtirilib, badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
💚 Bunday ezgu tashabbuslar keksalarimizni e’zozlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashish hamda kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga xizmat qiladi.
✨ “Mehr kutubxonasi” — mehr, e’tibor va kitobsevarlikni birlashtiruvchi ezgu tashabbus!
