“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida kitobxonlarga xizmat ko`rsatilmoqda
Joriy yilning 22-aprel sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida G‘ofur G‘ulom MFYda istiqomat qiluvchi Shirinboyeva Gulnora onaga sayyor kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Tashrif davomida Gulnora onaga kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida Komil Sindarov qalamiga mansub bir qator badiiy asarlar taqdim etildi. Shundan, Gulnora ona o‘qish uchun yozuvchining “Kechikkan qasos” hamda “Hidoyat ortidagi zalolat” nomli asarlarini tanlab oldi.
Mazkur tashabbus orqali aholi, ayniqsa uy sharoitida xizmatga muhtoj fuqarolarni kitob bilan ta’minlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
