"Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Gʻofur Gʻulom MFYda istiqomat qiluvchi Shirinboyeva Gulnora xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi hamda kutubxona xizmati ko'rsatildi.
Joriy yilning 23-iyul sanasida Doʻstlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Gʻofur Gʻulom MFYda istiqomat qiluvchi Shirinboyeva Gulnora xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi hamda kutubxona xizmati ko'rsatildi.
Tashrif davomida Gulnora opaga kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Suhbat jarayonida u yozuvchi Komil Sindarov ijodiga qiziqish bildirgani bois, muallifning "Oʻgʻirlangan bolalik" asari o'qish uchun topshirildi.
📌"Mehr kutubxonasi" loyihasi kitobxonlarga qulay va sifatli kutubxona xizmatini ko'rsatish, kitob mutolaasini keng targ'ib etish hamda aholining ma'naviy-ma'rifiy ehtiyojlarini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
