“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Joriy yilning 21-sentyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
🗣Tashrif davomida kitobxonning qiziqishlari inobatga olinib, detektiv janridagi badiiy asarlar tavsiya etildi. Shuningdek, kitob mutolaasining inson ma’naviy hayotidagi o‘rni, uning dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida mazmunli suhbat o‘tkazildi.
✅“Mehr kutubxonasi” loyihasi aholining, xususan, yoshi ulug‘ kitobxonlarning kitobga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy xizmatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

