Markaz xodimlari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida libsmart.uz dasturidan foydalanish tartibi, uning imkoniyatlari hamda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda mazkur platformadan samarali foydalanish usullari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, mavjud elektron ma’lumotlar bazalari, ulardan foydalanish imkoniyatlari va kerakli axborotlarni tezkor izlash hamda taqdim etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar bilan o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.


