“Maqsad sari bilim bilan”deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 25-fevral sanasida axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida “Maqsad sari bilim bilan”deb nomlangan sayohat tashkil etildi.Sayohat davomida talabalarga kutubxonaning sohaviy adabiyotlar fondi, kasbiy yo‘nalishlarga oid darslik va qo‘llanmalar, yangi nashrlar hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, elektron o‘quv zali imkoniyatlari, raqamli resurslardan foydalanish tartibi va mustaqil ta’lim olishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni alohida tushuntirildi.
🔘Shuningdek, talabalar “Faol kitobxonlar burchagi” bilan tanishib, kutubxona hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar faoliyati haqida ma’lumot olishdi.Sayohat jarayonida kitob va bilimning kasbiy mahoratni oshirishdagi ahamiyati, mustaqil fikrlash va o‘z ustida ishlashning zarurligi haqida suhbat o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishishdi.



