Manas MFY hududidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 28-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Manas MFY hududidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatildi.✳️Tashrif davomida kutubxona ishini samarali tashkil etish, kitob fondidan to‘g‘ri foydalanish hamda o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.✅Shuningdek, kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlarni mazmunli tashkil etish, kitob ko‘rgazmalarini zamonaviy yondashuv asosida bezash hamda o‘quvchilar bilan ishlash usullari yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
