Manas mahalla aholisi va yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida targ'ibot ishlari olib borildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Manas mahalla aholisi va yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida targ'ibot ishlari olib borildi.Mahalladagi xonadonlarga tashrif buyurib Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishtirib,o'qib chiqish uchun kitoblar tavsiya qilindi.Har bir kundan unumli foydalanish, kitob o'qish uchun vaqt ajratish muhim ekanligi tushuntirilib o'tildi.Ma'naviyatimizning asosi bo'lgan kitoblar doimiy hamrohingiz bo'lsin.