Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida kutubxona boʻylab sayohat tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonamizda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida kutubxona boʻylab sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida jajji kitobxonlar kutubxonaning faoliyati, kitoblarni saqlash hamda ulardan foydalanish tartibi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, bolajonlarga ularning yoshiga mos ertaklar, sheʼrlar va rang-barang bolalar adabiyotlari namoyish etildi.
Mazkur sayohat bolalarda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish, kutubxonaga mehr uygʻotish hamda ularning maʼnaviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Bunday tadbirlar orqali yosh avlodni kitobsevarlik ruhida tarbiyalash va mutolaa madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


