Maktab o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi.
2024-yil 11-sentyabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan maktab o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.