Maktab kutubxonachilari ishtirokida seminar tashkil qilindi
Do'stlik tuman Maktabgacha va maktab talimi,Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi,Axborot-kutubxona markazi hamkorlikda maktab kutubxonachilari ishtirokida seminar tashkil qilindi.Seminar tashkil qilinishidan maqsad maktab kutubxonachilarini kasbiy mahoratini yanada oshirish ,hujjatlar bilan ishlash,yoshlarni kitobxonlikka jalb qilishning yangicha usullari bilan tanishtirish, sohaga oid yangi meyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilishdir. Seminar ishtirokchilariga bugungi kun kutubxonachisidan bilim va mahorat talab qilinayotgani,natijadorlikka erishish,sohani rivojlantiruvchi mutaxassis bo'lish kerakligi hamda yangiliklarni sohaga jalb qilish meyoriy hujjatlarni to'g'ri yuritishni o'rganish kerakligi ta'kidlab o'tildi.Shundan so'ng tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil qilingan tanlov g'oliblarining sertifikat va sovg'alari 5 nafar g'olib bo'lgan o'quvchilarning maktab kutubxonachilariga topshirildi.