Maktab kutubxonachilari ishtirokida 2025-2026-o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan seminar tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi hamkorligida maktab kutubxonachilari ishtirokida 2025-2026-o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan seminar tashkil qilindi.Seminar avvalida kitobxonlikka jalb qilish ishlari faqat maktab kutubxonachisining emas, barchamizning zimmamizdagi vazifa ekanligi ,o'quv yili boshidan o'quvchi yoshlarga o'qilishi kerak bo'lgan adabiyotlarni yangicha usulda targ'ib qilish kerakligi borasida MMTB xodimi tomonidan alohida ta'kidlab o'tildi.Shundan so'ng TAKM mutaxassisi M.Raximova kutubxonachilar bilan hamkorlikda ishlarni yo'lga qo'yish, qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berdi.Maktab kutubxonachilari tomonidan elektron darsliklar, QR kodli kitoblardan foydalanish qoidalari, tadbirlar haqida berilgan savollarga javob berildi va ularga amaliy yordam ko'rsatilishi aytib o'tildi.Yangi takliflar kiritildi va muhokoma qilindi.Yangi kitobxonlik targʻiboti borasida rejali ishlar kelishib olindi.Seminarda 12 nafar kutubxonachi qatnashdi