Mahalla jamoalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi hamda “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilotining qo‘shma qarori ijrosi yuzasidan Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida mahalla jamoalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
⏺Tadbirda yoshlar va o‘rta avlod vakillari bilan bir qatorda bilimdon nuroniylar ham faol ishtirok etdilar.
⏺Bellashuvlar jadvaliga muvofiq, Final bosqichida Sanoatchilar, Navroʻz hamda Oltin MFY jamoalari o‘zaro bahslashib, bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra,
⭐️Navroʻz MFY jamoasi 1-oʻrinni
⭐️Oltin Vodiy MFY jamoasi 2-oʻrinni
⭐️Sanoatchilar MFY jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi va diplom, qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi. Navroʻz MFY viloyat bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻldi.




