"Maʼrifatparvar olim" nomli davra suhbati oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan FVV Doʻstlik tuman boʻlimi xodimlari ishtirokida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, maʼrifatparvar olim, yozuvchi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Maʼrifatparvar olim" nomli davra suhbati oʻtkazildi.Davra suhbati davomida adibning namunali hayot yoʻli, ilm maʼrifat yoʻlidagi fidoyiligi haqida qizgʻin bahs munozara tashkil qilindi.Shu bilan birga Behbudiyning tanlangan asarlar kitobi va jadid adabiyoti durdonalaridan bir nechta asarlar mazmuni yoritib berildi.Davra suhbati juda qiziqarli va mazmunli boʻlib oʻtdi.Tadbirda 13 nafar xodim ishtirok etdi.



